Andijonda “zamhokim”ning “toychog‘i” 13 yashar qizga buzuq harakatlar qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda hokim o‘rinbosarining o‘g‘li voyaga yetmagan qiz bilan g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilgani haqida xabar va video tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ'ga rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari D.X.ning o‘g‘li I.Sh. va uning sherigi M.A. o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘tgan yili 11 may kuni soat taxminan 22:00 da 16 yoshga to‘lmagan O.I. ni (2007 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 mashinasida Andijon shahriga olib ketgan. Paxtaobod tumaniga qaytishda esa mashina salonida 16 yoshga to‘lmaganini bilgan holda O.I.ga turli uyatsiz buzuq harakatlar qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha 2021 yil 11 iyunda Paxtaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tumani sudining o‘tgan yil 30 avgustdagi hukmiga ko‘ra, I.Sh. va M.A. Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishi 2021 yil 9 dekabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Mazkur jinoyat ishi Oliy sud tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, apellyatsiya instansiyasi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi birinchi instansiya sudida qayta ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborilgan.

Hozirda jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, JKning 129-moddasiga muvofiq shaxsning 16 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda, unga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish:

•    360 soatgacha (ilgari – 300 soatgacha) majburiy jamoat ishlari;
•    yoki 1 yildagi 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
•    yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikni cheklash;
•    yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa:

•    2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
•    yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
•    yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1664

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing