Andijonda yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Baliqchi tumanida yo‘l chetiga tashlab ketilgan Nexia rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur voqea kecha, 9 aprel kuni soat 16:10 larda tumanning Chinobod shaharchasida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, tumanning “O‘lmas” mahallasida yashovchi fuqaro J.T. Nexia-1 rusumli avtomashinasini Chinobod shahrida yo‘l chetiga to‘xtatib, ovqatlanish shoxobchasiga kirib ketgan vaqtida avtomashina dvigatel qismidagi elektr uzatgichlarda qisqa tutashuv kelib chiqqan. Oqibatda avtomobilning old qismi yongan.

Yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligi aytilgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi IIB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing