Andijonda yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni pulga o‘tkazgan shaxs qamaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida suv oqizib ketgan ko‘prik o‘rnida pullik “ko‘prik” paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda odamlar vaqtinchalik foydalanayotgan ko‘prik ham buzilgani, uddaburonlar 2 ta taxta qo‘yib, 1000 so‘mdan odamlarni yo‘lning u tomonida o‘tkazib qo‘yayotgani aytilgandi.

Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, haqiqatdan ham joriy yilning iyul oyidagi tabiiy ofat tufayli Aravonsoy ko‘prigi avariya xolatiga kelgan va ko‘prikdan o‘tish to‘xtatilgan, xozirda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan. 

Joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 7:00 larda “Bozorboshi” MFY Chilonzor ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, mukaddam sudlangan, fuqaro X.N.Ismanov o‘zini noqonuniy xatti harakati bilan soyga 2 ta yog‘ochdan iborat ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni yo‘lga qo‘ygan. 

Ushbu noqonuniy xatti-harakati Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqilgan va O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksining 183- va 200-moddalari bilan aybdor deb topilib, 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Shuningdek, ikkala tuman aholisi ko‘prik qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilmagunga qadar o‘z xayotlarini xatarga qo‘yib, soydan yasama ko‘priklar orqali o‘tmaslik xaqida ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

1000

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing