Andijonda O‘zneftgazinspeksiya mansabdori pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zneftgazinspeksiya) hududiy bo‘limi mansabdor xodimi 13 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘limi amaldori Asaka tumanida faoliyat yurituvchi MCHJga neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishda zarur bo‘ladigan xulosa tayyorlab berishni aytgan. U mazkur ishi evaziga 3 ming AQSH dollari va litsenziya olib berish uchun O‘zneftgazinspeksiyada ishlovchi tanishiga 10 ming dollar berishi kerakligini aytib, MCHJ ta’sischisidan 13 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘ziga yaqin xodim orqali olgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon viloyati O'zneftgazinspektsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing