Andijonda o‘z uyida qimor tashkil etgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Oltinko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil qilgani fosh etilgan.

Voqea joyidan 580 ming so‘m pul, 8 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, 2 dona piyola idish hamda qimor o‘yinini tashkillashtirilgan xonadon egasidan 20 ming so‘m cho‘tal puli daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 278-moddasida (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) o‘yinlar uchun qimorxona tashkil etgan yoki ularni saqlagan shaxslar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumanidagi maktab direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynagani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing