Andijonda o‘quvchilar parta tashigani uchun maktab direktori jazolandi (video)
Jamiyat
−
22 Sentabr
5493Andijon shahridagi 37- umumta’lim maktabi o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va bunga beparvo yondashgan direktor jazolandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon shahar “Islomobod” MFYda joylashgan 37-umumta’lim maktabi 1963 yilda qurilgan. 960 nafar o‘quvchi o‘ringa ega ushbu maktabda hozirda 1 ming 728 nafar o‘quvchiga 102 nafar o‘qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya berilib kelinmoqda.
Mazkur ta’lim muassasasi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 2024 yil 1-mavsumida 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ yutib olib, hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 13:00 lar chamasida maktabning CHQBT rahbari H.H texnologiya va harbiy vatanparvarlikka tayyorgarlik ko‘rish sinf xonalaridan yaroqsiz jihozlarni olib chiqish uchun darsdan bo‘shagan bir guruh 7-sinf o‘quvchilarni parta tashishga yollagan.
O‘rganish ishlari yakunlariga ko‘ra, maktabda tizimli ish tashkil etmaganligi uchun maktab direktori N.D hamda CHQBT rahbariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 12 fevraldan boshlab voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan direktorga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan edi.
LiveBarchasi