Andijonda o‘qituvchining dars soatini tanishlariga o‘tkazib bergan “zamdirektor” lavozimidan “uchdi”
Jamiyat
−
27 aprel 2023
6209Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi maktab o‘qituvchisining dars soatlarini o‘z tanishlariga o‘tkazib bergan direktor o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Tumandagi maktablardan birida matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, shu maktabning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish boshlaganidan buyon yig‘ishlarda uni obro‘sizlantirishga harakat qilib kelgan va unga bosim o‘tkazish orqali dars soatlarini o‘z tanishlariga bo‘lib bergan.
Holat yuzasidan fuqaro O.Q.ning murojaati nazoratga olinib, viloyat Xalq talimi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganilgan. O‘rganish davomida direktor o‘rinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan o‘quv soatlari o‘ziga qaytarilgan.
Maktab direktori o‘rinbosari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15