Andijonda o‘qituvchilar do‘pposlandi

Jamiyat

image

Andijondagi maktabda pedagoglar kaltaklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Voqea joriy yilning 5 oktyabr kuni soat 13.30larda sodir bo‘lgan. Fuqaro U.T. va boshqalar, jamiyatda yurish turish qoidasini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan 50-sonli umumta’lim maktabi binosi hududiga kelib, mazkur maktabda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlovchi Sh.O‘rmonov hamda G.Ashurovlar bilan asossiz ravishda o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida qo‘llari hamda boshqa jismlar bilan ularni turli sohalariga zarbalar berishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida, maktab direktori o‘rinbosarlari gumon qilinuvchi T.U.ning turmush o‘rtog‘i, mazkur maktabda o‘qituvchi vazifasida ishlovchi Yu.D. kiyinish madaniyatiga rioya qilmaganligi bois tanbeh berganliklari sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.O‘rmonov hamda G.Ashurovlarga qisqa muddatli sog‘liqni buzilishiga olib kelgan yengil shikast yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon o'qituvchilar do'pposlandi

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing