Andijonda uch nafar bola o‘z onasiga qaytarildi
Jamiyat
−
23 fevral 2024
7239Andijon viloyatining Shahrixon tumanida uch nafar bola onasiga qaytarildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Shahrixon tumanida yashovchi G.P. oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i O‘.P.ning uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Biroq farzandlarini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga murojaat qilgan.
Holat batafsil o‘rganilgach, sud uch nafar voyaga yetmagan bolalar ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan.
MIBning Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ikki qiz va bir o‘g‘il farzandlarni onasi tarbiyasiga topshirish bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan.
"Mutasaddi idora vakillari bilan hamkorlikda bolalar onasi G.P. tarbiyasiga topshirildi", deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi