Andijonda tirkama piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
O‘zbekiston
−
10 Iyul 2019 5363 1 daqiqa
Kecha, 9 iyul kuni Andijon viloyatida yuk mashinasining tirkamasi uzilib ketib, bir kishining halokatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea soat 17:30 da Andijon viloyatining Shahrixon tumani “Qum” mahallasida sodir bo‘lgan. 24 yoshli K.M. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk mashinasi tirkamasining o‘ng old g‘ildiragi yorilgan. Shu vaqtda tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan Shahrixon tumanida yashagan 51 yoshli piyoda G.X.ni urib yuborgan.
Natijada G.X. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr