Andijonda tadbirkor ayol qarz sababli 20 yoshli qizni kaltakladi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 2025 12105 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi boshqa bir qizni kaltaklayotgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2024 yilning 15 dekabr kuni Andijon shahri Hunarmand mahallasida sodir bo‘lgan. Kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Ular o‘rtasidagi ziddiyat o‘zaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan kelib chiqqan.
Jabrlanuvchi o‘ziga nisbatan bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan ilgari ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga xabar bermagan.
Bildirilishicha, hozirda voqea ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urgan edi.
Live
Barchasi