Andijonda svetofor ustiga chiqib olgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi
Jamiyat
−
08 iyun 2020
6908Ijtimioy tarmoqlarda Andijon shahrida mast holda svetofor o‘rnatilgan temir to‘singa chiqib olib, viloyat hokimi bilan uchrashishni talab qilib, tomosha ko‘rsatgani aks etgan video tarqalgandi. Mazkur holat bo‘yicha ma’muriy ish ochilib, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon viloyat ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi.
Andijon shahrida istiqomat qiluvchi O.R. karantin davom etayotgan paytda, 6 iyun kuni soat 10:00 larda mast holda jamoat joyi hisoblangan Andijon shahridagi A.Temur va Bobur shoxko‘chalarida joylashgan chorrahaga o‘rnatilgan svetoforning temir ustuniga chiqib olib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan. Shuningdek, uyatli so‘zlar bilan o‘z joniga qasd qilishini bildirib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organi xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.
Fuqaro Andijon shahridagi “Sanoat” MFYda joylashgan yashash xonadonining 15 kun avval hokimlik vakillari kelib buzilishi haqida aytganidan so‘ng shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. Huqubuzar IIB, Milliy gvardiya va FVV xodimlari yordami bilan maxsus to‘rga sakrab tushgan va jiddiy jarohat olmagan. Tekshiruv chog‘ida uning spirtli ichimlik ichgani ma’lum bo‘lgan.
O.R.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 2 (ikki) baravari miqdorida (446 ming so‘m) jarima jazosi, mazkur kodeksning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 (bir) baravari miqdorida (223 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi