Andijonda soxta organ xodimlari ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirib, fuqaroni aldagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahri va Oltinko‘l tumanida yashovchi 1995, 1998 va 2002 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs kripto-aktivlar bilan shug‘ullanuvchi, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaroni avtomashinaga majburlab o‘tqazib, unga o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgan.

So‘ngra jinoiy guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan uning 100 ming AQSH dollari miqdoridagi kriptovalyutasini o‘zlashtirib olib, evaziga unga 160 ming qalbaki AQSH dollari bergan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta xodimlar qo‘lga olinib, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘z uyida giyohvandlik vositalarini qadoqlab sotgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon soxta organ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing