Andijonda soxta IIB xodimi ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar 2022
12605Andijonda o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro T.U shu yilning sentyabr oyida Andijon shahri Istiqlol ko‘chasida joylashgan harbiy kiyimlar tikish bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konidan 3 000 000 so‘mga ichki ishlar organlarining barcha mavsumiy kiyimlarini to‘liq holatda tiktirib,ushbu kiyimda bir necha marotaba Andijon shahriga kelgan va fuqarolarga o‘zini ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan. Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berishini aytib, tamagirlik yo‘li bilan pul talab qilgan.
IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro T.U. o‘tgan yilning dekabr oyida Andijon shahar, “Sarvontepa” MFY, Sujjat ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab berish evaziga 1 100 000 so‘m miqdorda, shuningdek, Q.F.ning turmush o‘rtog‘i U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib berish evaziga 900 000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan olgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi