Andijonda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi vafot etdi
Jamiyat
−
05 mart 2019
5581Joriy yilning 3 mart kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Birlashgan” MFY, Shalola ko‘chasi 36 uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar tarqatdi.
Yong‘inning tahminiy kelib chiqish sababi sifatida uy egasining tamaki chekib uxlab qolganligi ko‘rsatilmoqda.
Yong‘inni bartaraf etish uchun 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida shu uyda yashagan 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Q.ning tutundan dimiqqan holdagi jasadi topildi. Yong‘in oqibatida uyning 1 kv metr maydonidagi pol qismi va o‘rin ko‘rpasi yonib zararlangan.
LiveBarchasi