Andijonda shifokor bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanida shifokor kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham Asaka tumanida 1993 yilda tug‘ilgan shifokor bemorning eri va 3 ta sheriklari tomonidan kaltaklangan.

Joriy yilning 23 aprel sanasidan 24 aprelga o‘tar kechasida Asaka tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga hushsiz holdagi ayol olib kelingan. Tibbiyot xodimlari tomonidan bemorni ko‘rish jarayonida uning qarindoshlari bilan kelishmovchiliklar kelib chiqib, janjal bo‘lgan.

Ertasi kuni bemorning yaqinlari shifokorni ta’qib etgan holda mojaroni boshqa joydagi tibbiyot muassasasida davom ettirgan. Shundan so‘ng, shifokor bemorning eri va 3 nafar sheriklari tomonidan kaltaklanib, og‘ir jarohatlangan.

Oqibatda shifokor bosh miya og‘ir jaroxati, chayqalishi, chap quloq ezilgan-kesilgan jarohati tashhisi bilan Respublika tibbiyot markazi muassasasi filialiga yotqizilgan.

Hozirda holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Andijon shifokor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing