Andijonda shifoxonada portlash sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
11 fevral 2022
13850Bugun, 11 fevral kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanining “Qorako‘rpa” MFYda joylashgan shifoxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlangan. Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Hozirda voqea joyida FVVning mintaqaviy boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi