Andijonda reklama bannerini o‘rnatayotgan erkakni tok urdi (video)
3-sahifa
−
30 Sentabr
12108Bugun, 30 sentyabr kuni Andijon viloyatida reklama bannerini o‘rnatayotgan erkakni tok urdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Shahrixon tumani “Taraqqiyot” MFYdan o‘tuvchi “Janubiy” podstansiyasidan chiquvchi “Shodlik” elektr uzatish tarmog‘ining 10 kV havo tarmog‘i yonida joylashgan reklama bannerida hech qanday ogohlantirishlarsiz fuqaro tomonidan banner yopishtirilayotgan vaqtda fuqaro favqulodda tokka tushgan.
“Shundan so‘ng Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan fuqaro qutqarib olindi va Markaziy shifoxonaga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda ushbu fuqaroning holati yaxshi, u shifokor nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tok urgandi. Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Birinchi bemor jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan.