Andijonda psixotrop modda sotgan to‘da ushlandi
3-sahifa
−
10:29 957 1 daqiqa
Andijon viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga aloqador 3 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 1988, 1996 va 1997 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro oldindan til biriktirib, 90 dona tropikamid nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 25 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Gumonlanuvchilar boshqaruvidagi avtomobillar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ulardan yana 44 dona tropikamid dori vositasi topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Xabarda bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida fuqarodan sotilgan telefon uchun kelishuvdan tashqari qo‘shimcha pul talab qilgan shaxsning avtomobilidan giyohvand modda topilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi