Andijonda tovlamachilik qilgan shaxs giyohvand modda bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
10 iyul 2467 1 daqiqa
Andijon shahrida fuqarodan sotilgan telefon uchun kelishuvdan tashqari qo‘shimcha pul talab qilgan shaxsning avtomobilidan giyohvand modda topildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs 1987 yilda tug‘ilgan tanishiga iPhone 15 Pro telefonini 650 AQSH dollariga sotgan. Xaridor kelishilgan mablag‘ni to‘liq to‘laganiga qaramay, sotuvchi undan yana qo‘shimcha ravishda 500 AQSH dollari talab qilgan.
U turli bahonalar bilan bosim o‘tkazib, qo‘rqitish orqali pul undirishga uringan. Andijon shahridagi “O‘rikzor” mahallasi hududida 500 dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, gumonlanuvchi boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, salon qismidan ikki bo‘lak jigarrang tusli, o‘tkir hidli modda topilgan. Mazkur modda belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining Tovlamachilik hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida jami 1000 dona tropikamid va 14 dona regapen preparati musodara qilingan edi. Shuningdek, ularing noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olinib, jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust