Andijonda Polsha universiteti filiali tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Filialda o‘qitish “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) (Muassis) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida, ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

•    “Moliya va buxgalteriya hisobi”;
•    “Transport va logistikada menejment”;
•    “Xalqaro biznes va marketing”;
•    “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”;
•    “Kichik va o‘rta biznesni boshqarish”;
•    “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”.

Filialda ta’lim 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi. 

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.  

Shuningdek, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.

Filialda ta’lim berish uchun 70 foizgacha malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Varshava menejment universiteti

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing