Andijonda piyoda yuk avtomobili tagida qolib vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 fevral kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida yuk avtomobil haydovchisiga ko‘rinmas hududdan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomobil tagida qolib vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 14:30 larda, “Beruniy” MFY, I.Buxoriy ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 164-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan D.B. MAN rusumli yuk avtomobilida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, 1938 yilda tug‘ilgan Yu.A.ni ko‘rmay qolib, harakatlanib yuborishi oqibatida urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 83 yoshli Yu.A. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing