Andijonda otaxonning uyidan 20 kg marixuana chiqdi
3-sahifa
−
11:52 2493 1 daqiqa
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 75 yoshli fuqaroning uyidan 20 kg “marixuana” giyohvand moddasi chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21 yanvar kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi xodimlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida xonadonning tom qismida quruq holatdagi 20 kilogrammdan ortiq “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kilogramm giyohvandlik vositasi topilgani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi