Andijonda “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha yopilgan uylar tomi uchib ketdi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida kecha sodir bo‘lgan tabiiy ofat, ya’ni kuchli shamol natijasida Ulug‘nor tumanining Shahriobod mahallasi hududidagi 2 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi uchib tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur uylarning tom qismi bir necha yil avval “Obod mahalla” dasturi doirasida shifer bilan qoplangan. Ofat tufayli aholi orasidan hech kim jabrlanmagan.

Shu kuniyoq voqea joyiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yetib kelgan. Ofat tufayli yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun zudlik bilan viloyat hokimi, IIB boshlig‘i boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solingan.

Qayd etilishicha, tiklash, muammolarni bartaraf etish ishlari bir necha kunda yakuniga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing