Andijonda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy tadbirkor hisobidan buzilyapti

Jamiyat

image

Andijon shahrida noqonuniy ravishda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy tadbirkorning o‘z hisobidan buzilyapti. Bu haqda Qurilish vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahar hokimining 2019 yil 18 oktyabrdagi 798q-sonli qaroriga shuningdek, “Izboskansut” agrofirmalari o‘rtasida 2019 yil 30 iyul kuni tuzilgan kelishuv shartnomasi va shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning 2019 yil 23 sentyabrdagi dalolatnomasiga asosan fuqaro B.Usmonovga Andijon shahar Mashrab ko‘chasi 41-manzilda joylashgan 400 kv.metr yer berilgan. Maydonga 7 qavatli, 24 xonadonli, ya’ni 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda yuqori qavatlarini turar-joy binosiga moslab qurish belgilangan. 

Ushbu qarorga va mutasaddi tashkilotlarning texnik shartlariga asosan Andijon viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019 yil 27 noyabrda 1-298 sonli ART-1-2 tayyorlangan. “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ham tayyorlanib, “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” davlat unitar korxonasi Andijon viloyati filiali tomonidan 2020 yil 20 aprelda ekspertiza xulosasi olingan.

Yuqoridagi shaharsozlik hujjatlariga asoslangan holda Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 4 mayda №297-sonli ommaviy oferta rasmiylashtirilgan hamda inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borish jarayonida fuqaro B.Usmonov tomonidan binoning yuqori qismiga shaharsozlik xujjatlarisiz noqonuniy ravishda yana qo‘shimcha 1 ta qavat qo‘shib, qurilish-montaj ishlari (8 qavatda) amalga oshirilayotganligi aniqlangan va ushbu holat bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilgan.

Mazkur holatning oldini olish, ya’ni noqonuniy qurilishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qurilish ob’ektida mas’ul buyurtmachining texnik va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati xodimlari tomonidan hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmagan.

Buyurtmachi tomonidan texnik nazoratga mas’ul etib tayinlangan D.Nizomiddinovning esa qurilish sohasi bo‘yicha ma’lumot va tajribaga ega emasligi, savdo yo‘nalishida faoliyat yuritishi aniqlangan. Shu bois hududiy inspeksiya tomonidan B.Usmonovga qurilish jarayonida texnik nazorat olib borish uchun ushbu sohada tajribaga ega bo‘lgan mas’ul shaxsni tayinlash bo‘yicha ham ko‘rsatma berilgan.

Hozirgi kunda fuqaro tomonidan noqonuniy amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari o‘z hisobidan buzilmoqda va mazkur jarayon Andijon viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish Andijon

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing