Andijonda mudhish YTH yuz berdi. Ona-bola vafot etdi
Jamiyat
−
23 iyul 2020 12310 1 daqiqa
Bugun, 23 iyul Andijon viloyatida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH kuni soat 10:00 larda Andijon tumani, “Qurama” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 485-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. Nexia-3 rusumli transport vositasini boshqarayotib, karama-karshi yunalishga chiqib, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ushbu vaqtda yana bir haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan N.T. Spark rusumli transport vositasida harakatlanib kelib Nexia-3 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Spark rusumli avtomobil xaydovchisi A.A. hamda onasi 1958 yilda tug‘ilgan F.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Live
Barchasi