Andijonda mudhish YTH. Tico ikkiga bo‘linib ketdi
3-sahifa
−
07 may 2022 17843 1 daqiqa
Andijonda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Tico avtomobili ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
YTH kecha, 6 may kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan.

Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Segazaqum MFY hududidan o‘tuvchi A-373 "O‘sh-Andijon-Toshkent" avtomobil yo‘lining 412-kilometrida haydovchi – 1973 yilda tug‘ilgan Q.X. boshqaruvidagi Tico rusumli hamda haydovchi – 1994 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Tico rusumli avtomobil haydovchisi Q.X. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, YTH yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025