Andijonda MIB xodimi kaltaklandi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
5416Andijonda qarzdorligi sabab yashash xonadonini elektr energiyasidan uzib qo‘ysh uchun kelgan Majbriy ijro byurosi xodimi fuqaro tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Fuqaro O.S. elektr energiyasidan qarzdorligi sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzayotgan MIB Andijon shahar bo‘limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, 1 nafarini yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 5 noyabr kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi