Andijonda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan kesib o‘tayotgan odamni urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan kesib o‘tayotgan 41 yoshli fuqaroni urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea 13 may kuni soat 15:00 lar atrofida Paxtaobod tumani “To‘pabjuvoz” MFY hududida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi X.J boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasini tartibga solingan chorrahada svetoforning “yashil” chirog‘ida boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan tezlikda o‘tishga harakat qilgan 1983 yilda tug‘ilgan B.D.ni urib yuborib, YTH sodir etgan. 

Oqibatda piyoda “o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi” bilan bog‘liq tan jaroxati olgan. Hozirda ushbu xolat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 may kuni Andijon viloyati Asaka tumanida Lacetti rusumli transport vositasida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing