Andijonda XTB mudiri raqqosalar bilan “vaqtichog‘lik” qilayotgani aks etgan video tarqaldi
Jamiyat
−
05 fevral 2022
102702Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri raqqosalar bilan banketda o‘tirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ muxbiri viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Viloyat XTB rasmiysi videodagi shaxs haqiqatan ham Xo‘jaobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shohruh Hamdamov ekanini tasdiqladi.
Biroq, ushbu video qachon va kim tomonidan olingani ma’lum emas. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, video eski bo‘lishi ham mumkin.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat nazoratga olingan, o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Aytish joizki, bunday holat birinchi marotaba sodir bo‘layotgani yo‘q. O‘tgan yilning iyun oyida Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari restoranda dam olayotgani aks etgan video tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijon viloyatining qator tumanlarida o‘qituvchilardan maktabda ertalabdan kechgi 22:00 gacha bo‘lish talab etilib, xar xil tadbirlar va diskotekalar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi