Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib tashlagani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda kelin o‘z qaynanasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilgan xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi.

Shuningdek, bayonotda aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hamda vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

1329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing