Andijonda Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. fuqaro O.N. ning ishonchiga kirib, go‘yoki elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan va evaziga 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati hamda Toshkent shahrida Germaniya va Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing