Andijonda itlarni so‘yib, go‘shtini iste’mol qilayotgan shaxs aniqlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 iyun kuni Andijon shahar SEO va JSXga shahardagi “O‘zgarish” MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan MFYdagi T.Keldiyev ko‘chasida it so‘yish bilan shug‘ullanayotgan shaxs borligi haqida murojaat kelib tushgan.

SEO va JSX xodimlari tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan, T.Keldiyev ko‘chasi 75 uyda yashovchi fuqaro O.G‘.ning yashash xonadoni borib o‘rganilgan. Natijada ushbu fuqaro xonadonida jami 12 ta it va kuchuklarni ularni boqish qoidalarini buzgan holda saqlab kelayotganligi, shuningdek, ushbu xonada itning terisi va suyaklari aniqlangan. Shu sababli O.G‘. tomonidan so‘yilgan it go‘shtlari go‘sht mahsuloti sifatida kimga va qayerga berilganligi holatiga aniqlik kiritishda amaliy yordam berish so‘ralgan.

Shunga asosan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB mas’ul xodimi tomonidan olib borilgan tekshiruv jarayonida fuqaro O.G‘. oxirgi olti oydan buyon o‘zining iste’moli uchun itlarni so‘yib, go‘shtini iste’mol qilib kelganligi, ammo it go‘shtini go‘sht mahsuloti sifatida biron bir shaxsga sotmaganligi va topshirmaganligi aniqlandi.

Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlardan kelib chiqib, fuqaro O.G‘. o‘zining ushbu harakatlari bilan yashash manzilidagi xonada it boqishning qoidalarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 110-moddasi 1-qismida hamda hayvon, jumladan, itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish oqibatida ular o‘lishiga sababchi bo‘lganligi uchun 111-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qonunda va uning sanksiyasida huquqbuzarni belgilangan jarimadan ozod qilish asoslari nazarda tutilmaganligi sababli hozirda fuqaro O.G‘.dan huquqbuzarligi yuzasidan belgilangan jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon it

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing