Andijonda ikkita uy yondi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon shahridagi 2 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Kecha, 24 mart kuni soat 16:40 da Andijon shahrida joylashgan "O‘zbekiston" mahallasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:44 da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 16:51 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:25 da batamom o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mahallaning “To‘kayev” ko‘chasida joylashgan 20-A uyning tom shift qismida 80 kvadrat metr maydoni, uy jihozlari hamda qo‘shni 20-uyning 40 kvadrat metr maydonda shift tom qismlari yongan. Yong‘indan uylarning 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan  va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing