Andijonda “gazvoda”ning kislorod balloni yorilib ketdi (video)
3-sahifa
−
10 iyun
27319Ijtimoiy tarmoqlarda Asakada “gazvoda”ning kislorod balloni yorilib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat joriy yilning 30 may kuni Asaka tumani Kamolot mahalla fuqarolar yig‘ini Marg‘uloniy ko‘chasi hududida sodir bo‘lgan. 1999 yil tug‘ilgan E.K. gazlangan ichimlik suvi sotish bilan shug‘ullanayotgan vaqtida kislorod balloni yorilib ketgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, hozirda tadbirkor bilan texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomadan o‘tkazilgan va hodisa omillari o‘rganilmoqda.