Andijonda gaz narxini sun’iy oshirgan “zapravka” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi metan "zapravka" narxni asossiz oshirgani uchun gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangandi. Ushbu qaror talablariga rioya qilmagan AGTKSHlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi aytilgandi.

Joriy yilning 2 aprel kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanida joylashgan “B.I.M” MCHJga qarashli AGTKSH asossiz ravishda narxni oshirganlik holati yuzasidan kelib tushgan murojaat “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida ushbu metan zapravka mas’ullari ogohlantirilishiga qaramasdan, sun’iy ravishda narx oshirgani aniqlangan. Ushbu noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, qoidabuzar iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“zapravka” gaz narxini sun'iy oshirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing