Ertadan metan “zapravka”lar to‘liq ochiladi
Jamiyat
−
19:42 2270 1 daqiqa
Ertaga, 11 fevral kuni soat 09:00 dan boshlab metan gaz quyish shaxobchalari mamlakat bo‘ylab yana 24 soatlik odatiy ish tartibiga qaytadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, metan “zapravkalar” respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich avvalgi tartibda faoliyatini tiklaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2 fevraldan metan gaz quyish shaxobchalarining faoliyati vaqtincha cheklanib, ular soat 10:00 dan 16:00 gacha ish tartibi joriy qilingan edi. Shunga qaramay, ushbu davrda ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmagan – ular cheklovlarsiz va uzluksiz ta’minlangan.
Farangiz Sunnatova
Live
Barchasi