Andijonda boshsiz murda topildi - Prokuratura
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
14086Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro I.Nazarovning boshsiz murdasi topilganligi holati haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon tumani, Beshbo‘ynoq MFY, Beshbo‘ynoq ko‘chasi, 378-uyda yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro I.Nazarovning murdasi “Qoradaryo” daryosining Oltinko‘l tumani, Madaniy mehnat-2 MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan boshsiz holatda qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar asosida joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon tumani prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu kunning o‘zida jinoyat ishi viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan ish yurituvga olinib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
I.Nazarovning o‘limi sabablarini, uning tanasidagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanib, dastlabki ma’lumotnomasi olingan va ish hujjatlariga qo‘shilgan. Jinoyat ishi doirasida sudga oid biologik ekspertiza, sudga oid fizik-texnika ekspertizalari tayinlangan.
Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida I.Nazarovning jasadi topilgan “Qoradaryo” daryosining Oltinko‘l tumani, Madaniy mehnat-2 MFY hududidan 1,5-2,0 km yuqori oqimidan noma’lum shaxsga tegishli bo‘lgan odam bosh suyagi topilib, bu bo‘yicha ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi