Andijonda erkak is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 52 yoshli erkak ko‘mirdan chiqqan is gazi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Joriy yilning 1 dekabr kuni soat taxminan 15:55 larda Andijon tumani, “Chavkandaryo” MFYda yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tuman Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. 

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 12 dekabr kuni erkak Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida vafot etgan. 

Hozirda marhumning o‘lim sabablarni aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, unda “is gazidan zaharlanishni og‘ir darajasi, koma holati, toksik ensefalopatiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” aniqlangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xo‘jaylida bobo va 2 nabirasi is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon is gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing