Andijonda bog‘cha mudirasi o‘zini osib qo‘ydi

Jamiyat

image

Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) mudirasi G.Xo‘jaqulova o‘z joniga qasd qildi. OAVda u ishidan ayrilgani uchun o‘zini osgani haqida xabarlar tarqalgandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, xulosalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yil 4 may kuni soat 15:00 da 1967 yil 25 iyul kuni tug‘ilgan G.Xo‘jaqulova yashab turgan manzilida o‘z joniga qasd qilgan, tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Chifokorlar tomonidan uning hayotini saqlab qolishga qilingan barcha harakatlarga qaramay, 17 may kuni shifoxonada vafot etgan.

G.Xo‘jaqulova Baliqchi tumanidagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2010 yil 11 noyabrdan buyon mudira lavozimida ishlab kelgan. 

Baliqchi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvga ko‘ra marhuma G.Xo‘jakulova sog‘lig‘i hamda ishi bilan bog‘liq muammolar tufayli ruhiy holatidagi o‘zgarishlar natijasda o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan (suitsid). 

Tuman prokuraturasi tomonidan tayinlangan sud psixiatrik-psixologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilishicha bu salbiy holatga ichki qalbiy ziddiyatlar natijasidagi hissiy hayajon turtki bo‘lgan, uning natijasida yuzaga kelgan hissiy beqarorlik joniga qasd qilish holatiga turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Ekspertiza xulosasi asosida tuman prokuraturasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Ishchi guruhi tomonidan olib borilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra Baliqchi tumani MTB rahbari S.Xonkeldiyevaning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmaganligi natijasida MTBda nosog‘lom muhit yuzaga kelgan.

Shuningdek, tekshiruv davomida Baliqchi tumanidagi 11-sonli davlat MTT da qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borgan “Milano qurilish” MCHJ rahbari N.Z.Rasulov tomonidan rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, qalbaki hujjatlardan foydalanish orqali byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilganligi, qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘zi sifatsiz bajarilganligi aniqlangan.

Aniqlangan ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Bundan tashqari, Ishchi guruhi, Baliqchi tumani MTBsida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagani; rahbar xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi; idoraviy nazorat susaytirib yuborilgani va natijada aholi orasida maktabgacha ta’lim tizimiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo‘lganligini aniqlagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Andijon viloyati, Baliqchi tumani MTB mudiri S.Xonkeldiyeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 26 iyun kuni bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon suitsid

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing