Andijonda ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 21 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi.

Joriy yilning 2 fevral kuni soat 15:30 da Andijon tumani "Qoratut" mahallasi hududida ayol yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan vaqtida uni yuk mashinasi urib ketgan.

"Qayrilayotgan vaqtimda ayol kishining baqirgan ovozini eshitib qoldim. To‘xtab qarasam shu holat vujudga kelibdi. Darhol uni tez tibbiy yordamga olib bordim", deydi yuk mashinasi haydovchisi.

Ayol shoshilinch ravishda chap oyoq boldir qismi va bosh suyagining yopiq sinishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing