Andijonda ayol erkakning intim videolarini tarqatish bilan qo‘rqitdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida erkakning intim fotolarini tarqatmaslik uchun 14 ming dollar pul talab qilgan 30 yoshli ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tovlamachilik jinoyati fosh etilgan. Xususan, fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1995 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga tegishli bo‘lgan telefonda mavjud bo‘lgan murojaat qilgan shaxsning intim foto va videolarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ularni tarqatmaslik evaziga 14 ming dollar talab qilgan hamda ushbu talab qilingan miqdordagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida ayol sobiq sevgilisidan ular o‘rtasida bo‘lgan ishqiy munosabatni oshkor qilmaslik uchun 30 ming dollar talab qilgandi. Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir davomida u talab qilgan pullardan 10 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon intim video intim foto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing