Andijonda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Andijon viloyatida yuk mashinasi uyga borib urildi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 17:20 larda Buloqboshi tumanida yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.L. VOLVO rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va yo‘l chetidagi yashash xonadoni atrofida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan Q.N. va B.A.ni urib yuborgan.

Natijada, 28 yoshli haydovchi Sh.L. voqea joyida, piyodalar Q.N. va B.A.lar shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

303

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing