Andijonda aholiga yuborilgan tonnalab ko‘mir “tuya qilindi”

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida aholi va ijtimoiy ob’ektlar uchun yuborilgan 67 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni Andijon viloyati IIBga ariza kelib tushgan. Unda “O” ismli shaxs Paxtaobod tumani aholisi uchun kelayotgan ko‘mir mahsulotlarini Andijon-2 temir yo‘l bekati ishchi-xodimlari bilan birgalikda kelishib, sotib yuborayotgani ma’lum qilingan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, “Tentaksoy” temir yo‘l bekatiga Paxtaobod tumani aholi va ijtimoiy sohalari uchun yuborilgan 67 tonna “Angren” ko‘mir mahsulotlari “Andijon-2” temir yo‘l bekati hududida turgan vaqtida, ushbu bekatda yuk qabul qilib topshiruvchi lavozimida ishlovchi 1996 y.t. M.M. Paxtaobod tumani ko‘mir ombori mudiri lavozimida ishlovchi 1985 y.t. O.N. bilan o‘zaro til biriktirib, usti yarim ochiq vagonda bo‘lgan 67 tonna “Angren” ko‘mir mahsulotini sotib yuborgani aniqlangan. Shuningdek, temir yo‘l hujjatlariga ko‘mir mahsulotlari “Tentaksoy” temir yo‘l bekatiga yuborilgani haqida yozuvlar kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir talon-torojlik

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing