Andijonda aholiga ajratilgan 13 tonna ko‘mirni “tuya qilgan” guruh ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida aholi iste’moli uchun ajratilgan 13 tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 5 noyabr kuni Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limiga tushgan ma’lumotga ko‘ra, “Savay” bekati XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 50 yoshli M.O‘., Jalaquduq ko‘mir tarqatish omborida ishlovchi 39 yoshli X.A. va 29 yoshli X.A. o‘zaro til biriktirib, 13100 kg ko‘mir mahsulotlarini talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zaro til biriktirib, M.O‘. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasida noqonuniy ravishda, ko‘mir ombori kassasiga to‘lov qilmasdan ko‘mirni “rastrata” qilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilgan jinoiy guruh ushlangani haqida xabar bergan edik. Guruh mansabdorlar rahnamoligida ekani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing