Andijonda 74 yoshli erkak bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
21 aprel
6964Andijon viloyatining Shahrixon tumani, "Navbahor" MFY Nasriddinov ko‘chasi 36-uyda yashovchi Habibulla Hamdamov bedarak yo‘qoldi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1950 yilda tug‘ilgan Habibulla Hamdamov shu yilning 23 mart kuni soat 06:30 larda yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Uning belgilari: bo‘yi 160-170 sm atrofida, ozg‘indan kelgan, bug‘doyrang, sochi va qoshlariga oq oralagan, ko‘zi qora, tishlari tabiiy butun. Uydan chiqib ketayotganida egnida kulrang kostyum, ko‘k rangli katak ko‘ylak, qora rangli shim va oyog‘ida mahsi kalish bo‘lgan.
Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan 102 ishonch raqamiga yoki Shahrixon tumani IIBning 74-342-10-02; 74-342-20-02; 93-372-77-88; 93-255-62-00; 97-583-63-42 telefon raqamlariga xabar berish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 32 yoshli erkak yo‘qolgandi. Topganga 5 mln so‘m va’da qilingan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr