Andijonda 53 yoshli erkak o‘g‘li tengi yigitni pichoqladi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
13100Kecha, 21 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida pichoqbozlik bo‘lgani aks ettirilgan video tasvirlar tarqaldi. Andijon viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Mazkur holat o‘rganilganda, shu kuni soat 16:30 larda, Andijon shahrida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro S.T. Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Bekzod” nomli oshxonaga ovqat olib ketish uchun kelib, shu oshxona ishchisi 1998 yilda tug‘ilgan R.Sh. bilan o‘zaro janjallashib ketishgan.
Janjal davomida S.T. shu yerda bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan fuqaro R.Sh.ning o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba urib tan jaroxati yetkazgan. Fuqaro S.T. voqea joyidan tashqariga chiqib qochib ketayotgan vaqtida oshxona ishchilari tomonidan kaltaklanib, unga nisbatan ham tan jarohati yetkazilgan. Buning oqibatida R.Sh. va S.T. shifoxonaga yotqizilgan. S.T.dan ashyoviy dalil sifatida xo‘jalik pichog‘i olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.
LiveBarchasi