Andijonda $50 mingni “tuya qilgan” bank boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11 may 2022
10311Andijon viloyatining Izboskan tumanida zamonaviy issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Departamentning Izboskan tumani bo‘limi tomonidan “Turonbank” ATB Andijon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada mazkur filial boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari I.K. va tumandagi “H.” xususiy bog‘dorchilik xo‘jaligi rahbari X.P. zamonaviy energiya tejamkor issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 000 AQSH dollari imtiyozli kredit mablag‘i evaziga issiqxona qurmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 000 AQSH dollari undirilishi ta’minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi