Andijonda 3 Lacetti va Labo to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 23 mart kuni Andijon shahrining “Yangi O‘sh” ko‘chasida joylashgan “Rohat avtoservis” binosi qarshisida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi.

Hodisa soat 11:30 larda yuz bergan. Unda 3 ta Lacetti va Labo to‘qnashgan. YHXBB YTHga uchragan avtomobillar haqida ma’lumot berdi, bular:

1) haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Lacetti;

2) haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi Lacetti;

3) haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan K.M. boshqaruvidagi Labo;

4) haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvidagi yana bir Lacetti.

YTH natijasida, Labo rusumli avtomobil haydovchisi K.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing