Andijonda 2 gektar yerni 16 500 dollarga olib bermoqchi bo‘lgan dallol qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 500 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. fuqaro N.S.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 gektar yer ajratib berishga ko‘maklashish evaziga 16 500 AQSH dollari talab qilib, shundan, 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing